SAMARQAND VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASIDA BOSHQARMA VA HUDUDIY NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI ISHTIROKIDA QURUVCHILAR BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-sonli hamda 2024-yil 30-apreldagi PF-70-sonli Farmonlariga asosan Samarqand viloyatining Bulungʻur tumani “Yangi O‘zbekiston” massivida 2024-yilda 30 ta 5 qavatli 651 xonadonli uylarni qurilishi va ishlarning sifatiga e’tibor qaratish, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash kabi masalalar to'g'risida so'z yuritildi.
Uchrashuv davomida quruvchilarni qiynayotgan masalalar muhokama etilib, kelgusidagi amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.