KO‘P KVARTIRALI UYLAR QISHGA QANDAY TAYYORLANMOQDA?
Ko‘p kvartirali uylar qishga qanday tayyorlanmoqda? Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi departamenti mas’ul xodimi S. Allayev, bosh boshqarma rahbariyati, shahar va tuman bo‘limlari boshliqlari hamda soha bosh muhandislari ishtirok etdi. Yig‘ilishda ko‘p kvartirali uylarni qishga tayyorlash bo‘yicha bajarilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mutaxassislar malakasini muntazam oshirib borish uchun “Muhandislik soati”ni yo‘lga qo‘yish va unda sohaga oid amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish belgilandi. Yig‘ilish yakunida tayyorgarlik ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va sovuq mavsumda aholi uchun zarur sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.


