🛝 UYINING YONIDA — BOLALAR UCHUN YANGI MAYDONCHA
🛝 Uyining yonida — bolalar uchun yangi maydoncha Yurtimizda aholi uchun qulay va obod muhit yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Kattaqo‘rg‘on tumanining Mundiyon MFY, Kumushtola ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar hovlisida ham ana shunday o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 48-sonli qarori doirasida uylar hovlisida bolalar uchun yangi va xavfsiz maydonchalar o'rnatilyapti. Bu yerga o‘yin va sport jihozlari ham o‘rnatilmoqda. Ya’ni, bolalar endi vaqtini shunchaki ko‘cha yoki uy oldida o‘tkazib qolmaydi — uyiga yaqin joyda o‘ynashi, harakat qilishi va sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratilmoqda.


