HALOLLIK — DAVLAT XIZMATCHISINING ENG MUHIM MEZONI
Halollik — davlat xizmatchisining eng muhim mezoni Korrupsiya — shunchaki qonunbuzarlik emas. U odamlarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchiga, halol mehnat qilayotganlarning haq-huquqiga va jamiyatdagi adolatga ta’sir qiladi. Shu bois Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida barcha xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda bosh boshqarmaning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi M. Begimov xodimlarni O‘RQ-1155-son Qonun bilan kiritilgan muhim o‘zgarishlar bilan tanishtirdi. Mazkur qonun korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan. Jumladan, bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning maxsus elektron reyestri yuritilishi hamda reyestrga kiritilgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan qator cheklovlar qo‘llanilishi tushuntirildi.


