
“ENG YAXSHI BOSHQARUV ORGANI” TANLOVINING 2-BOSQICHI SAMARQANDDA DAVOM ETMOQDA
“Eng yaxshi boshqaruv organi” tanlovining 2-bosqichi Samarqandda davom etmoqda
Bugun Samarqand shahar Qorasuv massivida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi boshqaruv organi” Respublika ko‘rik-tanlovining 2-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Viloyatda 60 dan ortiq boshqaruv organi faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, birinchi bosqichda 15 ta BSK hujjat topshirgan. Ular orasidan eng yuqori natijaga erishgan 7 ta BSK keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Tanlov davomida jamoalar turli baholash mezonlari bo‘yicha bellashib, o‘z tajribasi va innovatsion yondashuvlarini namoyish etmoqda. G‘oliblar aniq mezonlar asosida baholanib, keyingi bosqichga yo‘llanma oladi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinadi.