“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimlarining texnika xavfsizligi hamda mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilishlari elektr tarmoqlari
ekspluatasiyasi va qurilmalarning barqaror ishlashini ta'minlashda muhim omil
hisoblanadi
Xavfsizlik talablariga qat'iy rioya qilinishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz
hodisalarning oldini olish hamda elektr tarmoqlari va uskunalari ekspluatasiyasini xavfsiz
bajarishga imkon beradi.
Bu borada barcha hududiy elektr tarmoqlari korxonalarida ekspluatasiya ishlari “Elektr
qurilmalarni ekspluatasiya qilishda texnik xavfsizlik qoidalari” asosida tashkil
qilingan.
Ushbu qoida xavfli, zararli ishlab chiqarish omillari va ulardan himoyalanish, ishlab
chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olish, transformatorlarda va elektr uzatish
liniyalarida turli xil ishlarni bajarishda xavfsizlik choralarini belgilaydi.
Ma'lumki, mavjud elektr tarmoqlari va uskunalarini texnik ko‘rikdan muntazam o‘tkazib turish
orqali iste'molchilarni barqaror va ishonchli eleketr energiyasi bilan ta'minlashga erishish
mumkin. Shu maqsadda hududiy elektr tarmoqlari korxonalarida kadrlarni qayta tayyorlash,
favqulodda vaziyatlar va o‘quv maydonlarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun doimiy
mashg‘ulotlar olib borishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Hozirgi vaqtda elektr tarmoqlari inshootlariga xizmat ko‘rsatadigan elektromonterlar va
texnik muhandislar elektr xavfsizligi guruhlariga ega bo‘lib, xavfsizlik qoidalariga muvofiq
imtihonlardan o‘tishgan hamda tegishli sertifikatga ega.
Bundan tashqari, baxtsiz hodisalarning oldini olish, mehnatni muhofaza qilish, xodimlarning
bilimini oshirish va ijtimoiy ta'minlash masalalariga alohida e'tibor berilmoqda,
jumaladan:
• joylardagi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarida xodimlarning bilimini muntazam
ravishda oshirib borish uchun texnik o‘qishlar, o‘quv xonalari va mashq maydonlari tashkil
etilgan;
• “Ustoz-shogird” an'anasiga asosan yosh elektromontyorlarni o‘qitish, tayyorlash va
malakasini oshirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan;
• xodimlar zaruriy himoya vositalari va maxsus kiyim-boshlar bilan
ta'minlangan;
• xavfsizlik texnikasi qoidalariga doimiy rioya qilinishi muntazam ravishda ko‘rikdan
o‘tkazib borilmoqda va nazorati olib borilmoqda.
Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari Mustaqil Davlatlar
Hamdo‘stligi miqiyosida elektroenergetika sohasida har yili o‘tkazilayotgan,
asosiy maqsad-vazifalari quyidagilardan iborat xalqaro musobaqalarda faol ishtirok
etib kelishmoqda:
• 0,4-110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini ta'mirlash va texnik xizmat
ko‘rsatishda xodimlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va baholash;
• mehnat xavfsizligi madaniyatini oshirish;
• 0,4-110 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalariga xizmat ko‘rsatish jarayonida
xodimlarning malakasini oshirish, ish sifati va xavfsizligini oshirish;
• yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarida asbob-uskunalarni ekspluatasiya
qilish va ta'mirlash ishlari bo‘yicha tajriba almashish.