SAMARQAND SHAHRIDAGI KO‘P QAVATLI UYLARNI TA‘MIRLASH, AHOLIGA YANADA QULAYLIK YARATISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA.
Xususan, Samarqand oltin asr” BSK ishchi xodimlari tomonidan Samarqand shahri Bog’dod mahallasidagi 7,9 va 11-ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari ta’mirlandi.
Shuningdek, Beruniy ko‘chasidagi 11 va 13-ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklaridagi romlari AKFA romlariga almashtirildi.
Bundan tashqari, Beruniy ko‘chasidagi 53 va 21 hamda Bog’dod ko‘chasidagi 13-ko‘p qavatli uylarning tom qismlari joriy ta’mirlanmoqda.