SAMARQAND VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI MAJLISLAR ZALIDA YOSHLARNI AQIDAVIY RADIKAL OQIMLARI TA’SIRIDAN SAQLASH, EKSTREMIZM VA MISSIONERLIKGA QARSHI KURASHISH MASALALARI YUZASIDAN YIG’ILISH O‘TKAZILDI.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi S.Boymurodov, viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig’i B.Negmatov va Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi ma’sul xodimi R.K.Xomidjonov mavzuga aloqador masalalar yuzasidan axborot berdi.
Shuningdek, yig’ilishda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi hamda Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlarining korrupsiya holatlariga yoʻl qo‘ymaslik, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jazo muqarrarligi, odob-axloq qoidalari, kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi koʻrinishi va kiyinish madaniyati qoidalarini belgilashi hamda jamoatchilik ongida davlat xizmatiga boʻlgan hurmat va ishonchni oshirish hamda xodimlarining ahloq qoidalariga zid boʻlgan
xatti-harakatlarining oldini olish boʻyicha ham fikrlar bildirdi.
Tadbir davomida mavzu doirasida tayyorlangan videorolik namoyish etilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.