Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi
Ish vaqti
9.00 dan 18.00 gacha [Dam olish kunlari: Shanba, yakshanba]
Tili
Davlat xizmatlari
Bosh sahifa
Davlat Xizmatlari
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJDAN YANA BIR QULAYLIK
О'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi
“Aholiga davlat xizmatlari kо'rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish
chora-tadbirlari tо'g'risida”gi PQ-5278-sonli qarori hamda 2020 yil 31 yanvardagi “Davlat
xizmatlari kо'rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bо'yicha qо'shimcha
chora-tadbirlar tо'g'risida”gi PF-5930-sonli farmoniga asosan, “Hududiy elektr
tarmoqlari” AJ tomonidan iste'molchilarni elektr tarmoqlariga sifatli va tezkor ulash hamda
mukammal shartnomaviy xizmatlar kо'rsatish maqsadida “Davlat va shartnomaviy xizmatlarni
rivojlantirish” filiali tashkil etildi.
Filial tomonidan murojaatchilarga quyidagi xizmatlar kо'rsatiladi:
· iste'molchilarni elektr
tarmoqlariga ulashda texnik shartlar ishlab chiqish va taqdim
etish;
· respublika hududidagi barcha
turdagi murojaatchilarni “foydalanishga tayyor holda” elektr tarmoqlariga
ulash;
· elektr qurilmalarini barcha
kuchlanishdagi elektr tarmoqlariga ulashda loyiha hujjatlarini ishlab
chiqish;
· elektr tarmoqlariga
ulanishda barcha kuchlanishdagi elektr ta'minoti loyihalarini
kelishish;
· elektr qurilmalariga texnik
xizmat kо'rsatish;
· qonunchilikda belgilangan
tartibda qurilish-montaj ishlarini olib borish;
· elektr qurilmalariga
laboratoriya va sinov-sozlash xizmatlarini kо'rsatish;
· yangi ulanayotgan
iste’molchilarni “Elektrohisob” kompleks dasturiga kiritish va boshqa
xizmatlar.
Endilikda siz о'z mablag'ingizni hamda vaqtingizni tejagan
holda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliorqali (my.gov.uz) filialga murojaat qilishingiz
hamda malakali mutaxassislarimiz tomonidan elektr tarmoqlariga ulashda tayyorlangan loyiha
hujjatlariga asosan elektr tarmoqlarini qurish va montaj ishlarini sifatli bajarishingiz
mumkin.
SAMARQAND VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI MAJLISLAR ZALIDA YOSHLARNI AQIDAVIY RADIKAL OQIMLARI TA’SIRIDAN SAQLASH, EKSTREMIZM VA MISSIONERLIKGA QARSHI KURASHISH MASALALARI YUZASIDAN YIG’ILISH O‘TKAZILDI.