
XABAR BERGANIMIZDEK, VILOYATDAGI KO‘P QAVATLI UYLARNI KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORLASH, OBODONLASHTIRISH ISHLARINI SIFATLI TASHKIL ETISH MAQSADIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR JOYLARDA O‘RGANILMOQDA.
Xabar berganimizdek, viloyatdagi ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar joylarda o‘rganilmoqda. Ayni paytda o‘rganish ishlari Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bosh muhandis Dadaxon Bozorov boshchiligida mas’ullar ishtirokida Toyloq tumanining “Charog‘bon” mahallasida o‘tkazilmoqda. O‘rganish davomida “Yangi Toyloq servis” BSK tomonidan ko‘p qavatli uylarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarning amaldagi holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni sifatli yakunlash hamda ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga munosib tayyorlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilayapti. O‘rganish ishlari boshqa hududlarda ham davom ettiriladi.



