TINCHLIK MAHALLASIDA BOSHQARUV KOMPANIYASINING HISOBOT YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Tinchlik mahallasida boshqaruv kompaniyasining hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
Hududlarda ko‘p qavatli uylarni boshqarish tizimida ochiqlik va aholi bilan muloqotni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muntazam ravishda hisobot uchrashuvlari tashkil etilib, mulkdorlar bilan ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilmoqda.
Shu maqsadda, Samarqand shahri Tinchlik mahallasida “Bio Tex Servis” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘p qavatli uy mulkdorlari ishtirokida navbatdagi hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda mahalla faollari hamda kompaniya mas’ullari qatnashdilar.
Yig‘ilish davomida kompaniya tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etilib, ko‘p qavatli uylarni saqlash va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida bajarilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, 2026-yil uchun rejalashtirilgan ustuvor vazifalar ham muhokama qilindi.
Muloqot jarayonida mulkdorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda uylarni boshqarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.
Tadbir yakunida hududdagi ko‘p qavatli uylar manfaatlari yo‘lida faoliyat yuritib kelayotgan uy vakillarining tashabbuskorligi va fidokorona mehnati alohida e’tirof etilib, ularga minnatdorchilik bildirildi hamda esdalik sovg‘alari va gullar topshirildi.


