
SAMARQAND SHAHRINING BOSH REJASI VA UNING RAQAMLI FORMATI ISHLAB CHIQILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 123-bandi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi “Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 407-son qaroriga asosan, “ToshkentboshplanLITI” DM tomonidan Samarqand shahrining bosh rejasi va uning raqamli formati ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 38-moddasida belgilangan “Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasi” talablari asosida mazkur bosh reja loyihalari yuridik va jismoniy shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilish uchun havola qilinmoqda. Taqdim etilgan loyihalar yuzasidan fikr va mulohazalaringiz, taklif va tavsiyalaringiz bo‘lsa, bizning ushbu manzilimizga bildirishingiz mumkin: https://www.facebook.com/share/p/1Bv8UXTdsY/
Sizning fikringiz biz uchun muhim.






