
SAMARQAND SHAHRIDAGI RK-2 MARKAZIY QOZONXONASIDA OLIB BORILAYOTGAN REKONSTRUKSIYA VA MODERNIZATSIYA ISHLARI BILAN TANISHDI.
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Mo‘minov mas’ullar ishtirokida Samarqand shahridagi RK-2 markaziy qozonxonasida olib borilayotgan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari bilan tanishdi. Unda loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusi vazifa va rejalar muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, ushbu loyiha doirasida 39,415 km uzunlikdagi teng qobiqli quvurlar yotqizish va 3 dona (2 ta 30 Mvt va 1 ta 40 Mvt lik) qozonxonalarni qurish rejalashtirilgan bo‘lib, natijada Samarqand shahridagi “Sattepo”, “Sug‘diyona” va “Mikrorayon” hududlaridagi 22 ta ijtimoiy soha obyektlari hamda 381 ta ko‘p qavatli uy-joylardagi 18 864 ta xonadon yoki 53 046 nafar aholi issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi.