
SAMARQAND SHAHRIDA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYALARI TOMONIDAN TA’MIRLASH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
#BSKlar_faoliyatidan
🏗 Samarqand shahrida boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida Samarqand shahrida bir qator ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda:
🔹 “Bio Tex Servis” BSK tomonidan Amir Temur ko‘chasidagi 59-A sonli ko‘p qavatli uyning old qismiga asfalt qoplamasi yotqizildi.
🔹 “Registon Plyus Kommunalchi” BSK tomonidan O‘zbekiston ko‘chasidagi 28-sonli uyning yerto‘lasidagi issiqlik quvurlari yangisiga almashtirilmoqda.
🔹 “Samarqand Oltin Asr” BSK tomonidan Beruniy ko‘chasidagi 55, 57 va 144-sonli ko‘p qavatli uylarning tom qismi joriy ta’mirdan chiqarilmoqda.
🔹 “Nuriddin Qurilish Servis” MCHJ tomonidan Mikrorayon “B” hududi Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida joylashgan 17-sonli uyning old qismidagi yo‘lakka beton qoplamasi yotqizilmoqda.
Ushbu ishlar sovuq mavsumga tayyorgarlik bilan birga, shahar ko‘rkini yanada yaxshilaydi.