
MUNOSABAT
#MUNOSABAT
Samarqand viloyati telekanalining “Samarqand yangiliklari” informatsion dasturida efirga uzatilgan “Boshqaruv servis kompaniya faoliyati qoniqarlimi?” sarlavhali videolavha (https://t.me/SamTvr/172523) yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Videolavhada ko‘rsatilgan kamchiliklar mazkur hududdagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
❗️Mazkur kompaniyalar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, asosan, aholidan kelib tushadigan majburiy badal mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, ko‘p qavatli uylarda yashovchi mulkdorlardan, majburiy badal to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borishlarini so‘raymiz.
Bunday to‘lovlar, o‘z navbatida, xizmatlar sifatini oshirish va barqarorligini ta'minlashga yordam beradi. Har bir fuqaroning mas'uliyatli yondashuvi ushbu xizmatlarning sifatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi.