
PAYARIQ TUMAN QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BO‘LIMI TOMONIDAN TUMANDAGI NOQONUNIY QURILISHLARNI OLDINI OLISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA MA’LUMOT
Payariq tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan tumandagi noqonuniy qurilishlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida
MA’LUMOTI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinini 2017-yil 5-iyuldagi “Aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga, shuningdek tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 467-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Payariq tumanida jami 493 ta noqonuniy qurilish aniqlangan.
- Shundan tuman qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi bolimi tomonidan 95 ta noqonuniy qurilish aniqlangan.
- Kadastr agentligi tomonidan 398 noqonuniy qurilish aniqlangan.
Hududiy komissiya va maʼmuriy organlar tomonidan huquqbuzarliklar ko‘rib chiqilib tegishli sud organlariga 301 da’vo ariza kiritilgan. Hududiy komissiyada kurib chiqilib qayta qurishga hujjatlashtirilgan obyektlar soni 103 ta bo‘lib va bundan tashqari hududiy komissiya tomonidan chora ko’rilishi davom etilayotgan huquqbuzarliklar soni 89 tani tashkil qiladi.
Hurmatli fuqarolar qurilish ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 200-sonli qaroridagi ilovalarida belgilangan talablari asosida amalga oshirish belgilab qo‘yilgan.
Aks holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi “Aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga, shuningdek tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 467-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli tartibda tuman hokimligi naqonuniy qurilishlarni bartaraf qilish komissiyasini xulosasiga asosan tuman hokimligi tomonidan buzdirish yuzasidan tegishli sud organlariga da’vo ariza kiritilishi hamda O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining VII bob. Mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik. 601-modda. Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik. VIII bob. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik. 68-modda. Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish va 681-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik. IX bob. Sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik 99-modda. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish to‘g‘risidagi javabgarillar mavjud.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 200-sonli qaroridagi ilovalarida belgilangan talablarini bajarmasdan qurilish ishlarini boshlagan 40 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarni O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 99-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikga tortilgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarorida belgilangan shaharsozlik hujjatlarini to’liq rasmiylashtirmasdan ya’ni Siz tomoningizdan ushbu hududda olib borilayotgan qurilish ishlarinigiz bo‘yicha tuman hokimining qarori yoki tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limidan ruxsatnoma olib, tasdiqlangan arxitektura rejalashtirish topshirig‘i (ART) va loyiha-smeta hujjatlari, davlat ekspertiza xulosasi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan ro‘yhatdan o‘tkazishingiz talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2024-yil 23-sentyabr kuni qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Vazirligiga bir qator vazifalar belgilab berildi.
Jumladan: noqonuniy qurilishlar bo‘yicha mahalla raislari va jamoatchilik nazorati kuchaytirilishi, har bir qurilayotgan obyekt oldida QR kodli pasporti chiqarib qo‘yilishi; Agar QR kodli pasport bo‘lmasa, qurilish noqonuniy hisoblanishi bo‘yicha yangicha tartibda nazoratni tashkil etish talab etiladi.