OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING HUQUQLARI VA QONUNIY MANFAATLARINI HIMOYA QILISH BOʻYICHA VAKIL DEVONINING SAMARQAND VILOYATIDAGI SHOʻBASI MASʼULLARI TOMONIDAN VILOYATDAGI BOSHQARUV ORGANLARI VAKILLARI BILAN ONLAYN TARZDA UCHRASHUV OʻTKAZILDI.
Uchrashuvda boshqaruv servis kompaniyasini tashkil etgan tadbirkorlar tomonidan tilga olgan muammolar viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida muhokama qilindi.
Sohadagi ayrim yoʻnalishlarda qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar qabul qilindi.