
#MUNOSABAT
😎 Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan “Orient Devise” MCHJ tomonidan qurilayotgan obyekt, Shayxontohur tumani “Ilg’or” MFY 21-uy manzilida joylashgan bo'lib, keltitrilgan vajlar (https://t.me/XalqNazorati/14418)Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.
Unga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan Shayxontohur tumani Qurilish bo’limi tomonidan 2022-yil 13-dekabrda “Orient Devise” MCHJga “O‘z foydalanishdagi hududda mehmonxona qurish” uchun ruxsatnoma berilgan.
Shunga asosan Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 19-dekabrdagi Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i (ART) tayyorlab berilgan.
To‘plangan hujjatlar asosida “Novate Architecture” MCHJ tomonidan tayyorlangan dastlabki eskiz loyiha-smeta hujjatlari mutasaddi tashkilotlar, ya’ni hududiy Sanitariya-epidemiologiya xizmati, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi, Shayxontohur tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hududiy Yong‘inga qarshi nazorat xizmati tomonidan berilgan ijobiy xulosalariga asoslangan holda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2023-yil 19-apreldagi hulosasiga asosan eskiz loyiha hujjatlari kelishib berilgan.
Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda mazkur obyektda qurilish jarayonlari davom etayotgan bo‘lib, ushbu 7 qavatli mehmonxona binosi qurilishi Hukumatning 200-sonli qarori 5-ilovasiga muvofiq 2024-yilning 5-yanvarida qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun hududiy Inspeksiyadan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan. Hozirda Inspeksiya tomonidan obyektda tizimli nazorat o‘rnatilgan.