KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Mavsum oldidan hududlarda ko‘p qavatli uylar ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Xususan, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “Maftumkor Kimyogar” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan Zavod ko‘chasidagi 5 va Narpay ko‘chasidagi 18-sonli ko‘p qavatli uylarni kirish yo‘laklari ta’mirlandi. Bundan tashqari, Narpay ko‘chasidagi 20-ko‘p qavatli uyning tom qismida ta’mirlash ishlari olib borildi.
Shuningdek, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi yana bir "BUSTON STANDART SAMARKAND" BSK tomonidan hududidagi 84-sonli ko‘p qavatli uyning fasad va kirish yo‘laklarida ta’mirlash ishlari boshlandi.
Mavsum oldidan hududlarda ko‘p qavatli uylar ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Xususan, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “Samarqand oltin asr” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan Spitamenshoh ko‘chasidagi 53-A, Bog’dod ko‘chasidagi 7 va M.Xaydarova ko‘chasidagi 23-sonli ko‘p qavatli uylarning tom qismlari joriy ta’mirlandi.
Bundan tashqari, Ibn Xoldun ko‘chasidagi 11 va 11-A ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari ta’mirdan chiqarildi.
Ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, bunda aholini qiynayotgan har bir jihatni inobatga olish muhim ahamiyatga kasb etadi. Shu ma’noda joylarda ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash, mavsumda kuzatilishi mumkin bo‘lgan har qanday holatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar jadallik bilan olib borilmoqda.
Xususan, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “Samarqand oltin asr” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan Beruniy ko‘chasidagi 46,52,76,86 va Bog’dod ko‘chasidagi 29-sonli ko‘p qavatli uylarning tom qismlari joriy ta’mirlandi.
Shuningdek, Mevazor mahallasi Farobiy ko‘chasidagi 4,59,50 va Al-Xorazmiy ko‘chasidagi 107-sonli ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklaridagi eshiklari tamirlanib, kodli qulflar o‘rnatildi. Bu esa aholining sohaga oid muammolariga yechim topishga xizmat qiladi.