
KO‘P QAVATLI UYLARNI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH ISHLARI JOYIDA O‘RGANILMOQDA
Samarqand viloyatidagi ko‘p qavatli uylarni 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash maqsadida manzilli dastur asosida boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan va hozirda davom etayotgan ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari joylarda o‘rganilmoqda. Navbatdagi o‘rganish ishlari Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bosh muhandis Dadaxon Bozorov boshchiligida mas’ullar ishtirokida Samarqand shahrining Beruniy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarda o‘tkazildi. O‘rganish davomida uylarning kirish yo‘laklari va eshiklarining ta’mirlanganlik holati, bajarilgan ishlar va amaldagi holati ko‘zdan kechirildi. Ya’ni, dastur doirasida rejalashtirilgan ishlar qog‘ozda emas, amalda qanday bajarilgani joyiga chiqib ko‘rildi.



