
🌧❄️ KO‘P QAVATLI UYLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLANMOQDA
🌧❄️ Ko‘p qavatli uylar kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda
Kattaqo‘rg‘on tumanida 2025–2026 yilgi kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish maqsadida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda koʻp qavatli uylarning fasad qismlari taʼmirlanib, kirish yoʻlaklari zamonaviy koʻrinishga keltirilmoqda. Shu bilan birga, elektr taʼminoti barqarorligini taʼminlash maqsadida elektr shitlari yangilanyapti.
Shuningdek, hovli va yo‘laklarda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Majburiy badal toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan aholiga ogohlantirish xatlari ham tarqatilmoqda.
Ushbu ishlar tuman Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi hamda ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Boshqaruv servis kompaniya” MCHJ hamkorligida olib borilyapti.