KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISHDA RAQAMLI VA ZAMONAVIY YONDASHUV
Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish vazifasi belgilangan.
Mazkur topshiriqni sifatli amalga oshirish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda “Kommunal ta’minot markazi” DM mutaxassislari tomonidan ko‘p kvartirali uylarni samarali boshqarish hamda “Mening uyim” billing tizimining afzalliklari va undan foydalanish tartibiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan boshqaruv organlari rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi. Mutaxassislar ishtirokchilarga tizimning samarali ishlash mexanizmlari, raqamlashtirishning amaliy foydalari va innovatsion yondashuvlar haqida ma'lumot taqdim etdi. (https://t.me/samvilqurilish)
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.


