
KADAN MAHALLASIDA NOQONUNIY QURILMALAR ANIQLANDI
Kadan mahallasida noqonuniy qurilmalar aniqlandi
Kattaqo‘rg‘on tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan noqonuniy qurilishlarning oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Shunga qaramay, baʼzi hollarda fuqarolar bilib-bilmay noqonuniy qurilishlar amalga oshirilayotgan holatlar ham uchrab turibdi.
Navbatdagi o‘rganishlarda tumanning Kadan mahallasi chorrahasida noqonuniy qurilmalar o‘rnatilgani aniqlanib, egalariga yozma ogohlantirish berildi. Belgilangan muddatda qurilmalar bartaraf etilmasa, tegishli choralar ko‘riladi.
❗️ Shu o‘rinda barcha fuqarolar va tadbirkorlardan qurilish ishlarini boshlashdan avval tegishli shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirish hamda qonuniy tartib-qoidalarga qat’iy rioya etishlarini so‘raymiz.