#JARAYON
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi kichik majlislar zalida xodimlari ishtirokida yoshlarni aqidaviy radikal oqimlari ta’siridan saqlash, ekstremizm va missionerlikga qarshi kurashish masalalari yuzasidan yig’ilish o‘tkazildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi S.Boymurodov, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig’i B.Negmatov va Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi ma’sul xodimi M.Siddiqovlar mavzuga aloqador masalalar yuzasidan axborot berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.