
INSTAGRAM IJTIMOIY TARMOG‘IDA SAMARQAND SHAHRI, AL-XORAZMIY KO‘CHASI, 85-UY YAQINIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI YUZASIDAN
#Rasmiy_munosabat Instagram ijtimoiy tarmog‘ida Samarqand shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 85-uy yaqinida olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan e’lon qilingan murojaat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, Samarqand shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi xodimlari tomonidan mazkur holat belgilangan tartibda o‘rganilmoqda. Holatni to‘liq o‘rganish, mavjud hujjatlarni batafsil tahlil qilish zarurati, shuningdek, mazkur masala tadbirkorlik subyekti — MChJ faoliyati bilan bog‘liq ekanligi inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Samarqand viloyatidagi sho‘basi belgilangan tartibda xabardor qilinadi. Mazkur holat belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib, natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi. Samarqand shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi



