HUDUDLARDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI QIZG’IN DAVOM ETMOQDA.
Xususan, viloyatimizda faoliyat olib borayotgan boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Nurobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Nur sifat kommunal xizmati” BSK tomonidan A.Temur mahallasidagi 37-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismi ta‘mirlandi.
Shuningdek, Kattaqo‘rg’on shahrida faoliyat yurituvchi “Miyonqul smart boshqaruv kompaniyasi” MCHJ tomonidan Bobur ko‘chasidagi 2-sonli ko‘p qavatli uyning kirish yo‘laklari ta'mirlanib, yo'laklarga beton qoplamasi yotqizildi.
Bundan tashqari, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “Maftumkor Kimyogar” BSK tomonidan Narpay ko‘chasidagi 15-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismida ta'mirlash ishlari olib borildi.