
BULUNG‘UR TUMANIDA 4 TA MAKTAB, 1 TA DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI UCHUN QO‘SHIMCHA BINOLAR QURILDI
Bulung‘ur tumanida 4 ta maktab, 1 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun qo‘shimcha binolar qurildi
Xususan, tumandagi 12, 22, 59, 62-maktablar hamda 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yangidan qurilgan qo‘shimcha binolari tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Ochilish tadbirlarida tuman sektor rahbari, nuroniylar va yoshlar, muassasalarning pedagogik jamoasi, ota-onalar ishtirok etishdi.
Tadbirlar davomida so‘zga chiqqanlar bugun yurtimizda kelajak avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlari, sifatli ta’lim olishlari yo‘lida yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarga to‘xtalib o‘tishdi.
Ishlarni sifatli bajargan quruvchilarga minnatdorchilik bildirilib, to‘n kiygizildi. Bu kabi qulayliklar yaratilishiga sabab bo‘lib turgan yurtimizdagi tinchlikka ko‘z tegmasligi so‘ralib duoga qo‘l ochildi.