
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYALARI
#MUNOSABAT
Instagram ijtimoiy tarmog‘i hamda “Samarkand & Самаркандцы” kanalida eʼlon qilingan murojaatlar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
Murojaatlarda qayd etilgan Samarqand shahri Sattepo mahallasidagi 1-sonli ko‘p qavatli uyda, shuningdek, Qorasuv massividagi 111-sonli ko‘p qavatli uyda kuzatilgan holatlar bo‘yicha mas’ul boshqaruv servis kompaniyalari xabardor qilindi.
Unga ko‘ra, Sattepo mahallasidagi 1-sonli uyga xizmat ko‘rsatuvchi “Bio Tex Service” MChJ, hamda Qorasuv massividagi 111-sonli uyga xizmat ko‘rsatuvchi “Nur Sharq Tess” MChJga aniqlangan kamchiliklarni belgilangan tartibda bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



