
🏗 BOLALAR VA AHOLIGA QULAY SHAROITLAR YARATILMOQDA — BSKLAR TOMONIDAN AMALIY ISHLAR
🏗 Bolalar va aholiga qulay sharoitlar yaratilmoqda — BSKlar tomonidan amaliy ishlar
Aholi, ayniqsa, bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan mahallalarda amaliy ishlar olib borilmoqda.
🔹 Samarqand shahri Salim Buxoriy mahallasidagi 1-sonli ko‘p qavatli uy oldidagi bolalar maydonchasiga “Bio Tex Servis” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan yuvilgan qum to‘shaldi. Bu qum bolalar maydonchasining xavfsizligi ta’minlashga qaratilgan.
🔹 Shuningdek, “Nuriddin qurilish servis” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan Samarqand shahri Semurg‘ mahallasi Taraqqiyot ko‘chasidagi 5-sonli ko‘p qavatli uy hovlisidagi yo‘lak qismida beton qoplamasi yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ushbu amaliy ishlar aholining qulay va xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.