
HUDUDLARDAGI KO‘P QAVATLI UYLARNI TA’MIRLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
#BSKlar_faoliyatidan
Samarqand shahrining turli hududlarida boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan belgilangan reja asosida ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, Yuksalish mahallasi Ibn Sino ko‘chasida joylashgan 2-A-sonli ko‘p qavatli uyning kirish yo‘laklari hamda fasad qismlarida “Bustonsaroy kommunal” boshqaruv servis kompaniyasi ishchilari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
“Sug‘diyona obod servis” uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan esa ko‘p qavatli uylarning fasad qismlarini ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.
Shuningdek, “Bio tex servis” boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatadigan hududdagi 43-ko‘p qavatli uyning yo‘laklariga beton qilish ishlari ham tashkil etilgan bo‘lib, aholi uchun qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda.