8-MART BAYRAMI MUNOSABATI BILAN AYOLLARGA EHTIROM KO‘RSATILDI
8-mart bayrami munosabati bilan ayollarga ehtirom ko‘rsatildi
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. (https://t.me/samvilqurilish)
Tadbirda bosh boshqarma boshlig‘i Bahodir Negmatov ishtirok etib, boshqarma tizimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan barcha xotin-qizlarni samimiy muborakbod etdi.
Tadbir davomida mamlakatimizda ayollarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va ehtirom, ularning jamiyat hayotidagi muhim o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, boshqarma tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlarga ezgu tilaklar bildirilib, bayram munosabati bilan ularga esdalik sovg‘alari hamda gullar topshirildi.


