
PASTDARG‘OM TUMANIDA XOTIN-QIZLARGA TIKUV MASHINALARI TOPSHIRILDI
Pastdarg‘om tumanida xotin-qizlarga tikuv mashinalari topshirildi
Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Negmatov tomonidan Pastdarg‘om tumanida yoshlar bilan muloqot tashkil etilgan edi.
Mazkur uchrashuvda yoshlarning muammolari o‘rganilib, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Uchrashuvda berilgan tavsiyalar ijrosi doirasida bosh boshqarma tomonidan bugun tumandagi tikuvchilikka qiziqqan xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.
Mazkur amaliy ishlar xotin-qizlarning kasb egallashiga, o‘z daromad manbaiga ega bo‘lishiga va jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.