Search

Taqdim etilgan loyihalar yuzasidan fikr va mulohazalaringiz, taklif va tavsiyalaringiz bo‘lsa, bizning ushbu manzilimizga bildirishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-iyuldagi 639-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dasturga asosan 2022 yilda Samarqand viloyati, Nurobod tumanining “Tutli” va “Jarquduq” mahallalari, hududining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari va unga yondosh markaziy qismini batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishi belgilangan.

Bugungi kunda “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ bosh loyiha instituti tomonidan mazkur aholi punktlarining loyiha hujjatlari ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 38-moddasi “Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasi” talablariga asosan ishlab chiqilgan bosh reja loyihalari yuridik va jismoniy shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilish uchun havola qilinmoqda.

Taqdim etilgan loyihalar yuzasidan fikr va mulohazalaringiz, taklif va tavsiyalaringiz bo‘lsa, bizning ushbu manzilimizga bildirishingiz mumkin.

https://www.facebook.com/samvilqurilish/posts/486855843542050

Sizning fikringiz biz uchun muhim.