Search

Taqdim etilgan loyihalar yuzasidan fikr va mulohazalaringiz, taklif va tavsiyalaringiz bo‘lsa, bizning ushbu manzilimizga bildirishingiz mumkin:

#Jamoatchilik_muhokamasi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi “Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 3-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-16-aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi yakuni bilan tasdiqlangan 20-sonli bayoniga asosan Samarqand shahrining kengayishini hisobga olgan holda Bosh reja loyihasi ishlab chiqilishi belgilangan.

Bugungi kunda “ToshkentboshplanLITI” DUK  bosh loyiha instituti tomonidan Samarqand shahri Bosh rejasining loyiha hujjatlari ishlab chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 38-moddasiga asosan “Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasi” talablariga asosan ishlab chiqilgan bosh reja loyihalari yuridik va jismoniy shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilish uchun havola qilinmoqda.

Taqdim etilgan loyihalar yuzasidan fikr va mulohazalaringiz, taklif va tavsiyalaringiz bo‘lsa, bizning ushbu manzilimizga bildirishingiz mumkin: https://www.facebook.com/samvilqurilish/posts/700270075533958?ref=embed_...

Sizning fikringiz biz uchun muhim.