Search

Taqdim etilgan loyihalar yuzasidan fikr va mulohazalaringiz, taklif va tavsiyalaringiz bo‘lsa, bizning ushbu manzilimizga bildirishingiz mumkin:

#Jamoatchilik_muhokamasi 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi 299-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dasturga asosan 2023-yilda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanining “Yangiqo‘rg‘on” mahallasi hududining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari va unga yondosh “Yangihayot”, “Sug‘onchi” hamda “Galaravot” mahallalarining markaziy qismini batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishi belgilangan.

Bugungi kunda “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ bosh loyiha instituti tomonidan mazkur aholi punktlarining loyiha hujjatlari ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 38-moddasiga asosan “Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasi” talablariga asosan ishlab chiqilgan bosh reja loyihalari yuridik va jismoniy shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilish uchun havola qilinmoqda.

Taqdim etilgan loyihalar yuzasidan fikr va mulohazalaringiz, taklif va tavsiyalaringiz bo‘lsa, bizning ushbu manzilimizga bildirishingiz mumkin: https://www.facebook.com/samvilqurilish/posts/699352152292417?ref=embed_...

Sizning fikringiz biz uchun muhim.