Search

Samarqand_LIVE telegram kanalida “Viloyat qurilish bosh boshqarmasiga odamlar ishonadi (mi?)” sarlavhali maqola eʼlon qilindi. 

Unda yilning oʼtgan davrida boshqarmaga Prezident virtual qabulxonasidan 585 ta murojaat tushgani va ularning 577 tasi viloyat hokimligi orqali, 65 tasi toʼgʼridan-toʼgʼri boʼlganligi, murojaatlarning 98 tasi takroriy boʼlib, takroriylarning 71 tasi hali koʼrib chiqilmaganligi bayon etilgan. 
Haqiqatdan ham boshqarmaga Prezidentning virtual qabulxonasi orqali 585 ta murojaat kelib tushgan va ularning aksariyati mutaxassislar ishtirokida joyida yechim topilgan. 98 ta takroriy murojaatlarning 27 tasi vazirlik tizimidagi boshqa tashkilotlarga tegishli, 71 tasi qurilish boshqarmasiga kelib tushgan murojaatlar hisoblanadi.
Murojaatlarni sohalar kesimida boʼlsak, 17 ta noqonuniy qurilish, 1 ta АPZ tayyorlash, 13 ta qurilish norma va qoidalariga rioya qilmaslik, 20 ta yer ajratish, 1 ta bekat oʼrnatish, 1 ta uy-joy bilan taʼminlash, 4 ta yoʼlni taʼmirlash, 5 ta kadastr hujjatini tayyorlash, 3 ta MTT tashkil etish, 2 ta qurilishga ruxsat berish, 2 ta uy-joyni taʼmirlash, 2 ta boshqa masalalarni tashkil etadi. Sanab oʼtilgan murojaatlarning aksariyatini bajarish boshqarmaning vakolatlariga kirmaydi. Shunday boʼlsa-da, 71 ta takroriy murojaatning 4 tasi koʼrib chiqish jarayonida, 67 tasi toʼliq oʼrganilib, murojaat mualliflariga javob xatlari yuborilgan. 67 ta oʼrganib chiqilgan murojaatning 26 tasi ijobiy, 26 tasi huquqiy maʼlumot berish orqali, 14 tasi tushuntirish berish orqali hal etilgan. 1 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan.
Viloyat Qurilish Bosh boshqarmasi Axborot xizmati.