Search

Samarqand viloyatida renovatsiya va uy-joylar dasturlari asosida shaharlarda eskirgan uylar o‘rniga zamonaviy uy-joylarni barpo etish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida  

BRIFING

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-16-aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida va viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda bergan topshiriqlari bo‘yicha 20-sonli bayonning
3-bandiga asosan kelgusi yillarda Samarqand shahrining vokzal orti hududidagi 256 gektar maydonda 3 mingga yaqin eski hovlilar o‘rnida 100 mingdan ortiq aholi uchun hamda “Shirin” massivida 295 gektar maydonda 1892 ta turar-joy va noturar bino inshootlar, shuningdek bo‘sh yer uchastkalari o‘rnida (shundan
30-40 foizida aholi istiqomat qiladi) 90 ming nafar aholiga mo‘ljallangan zamonaviy shaharcha, parklar va dam olish maskanlari barpo etish belgilangan.

Bugungi kunda ushbu massivlarning ishlab chiqilgan bosh rejalarida zamonaviy turar-joylar, ijtimoiy soha ob’yektlari, bozor infratuzilma va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari, yo‘l-transport va muhandislik-kommmunikatsiya tarmoqlari, biznes markazlari hamda yashil hududlar, turli ko‘ngilochar va dam olish maydonlari tashkil etish nazarda tutilgan.

Jumladan, “Shirin” massivida 451 ta ko‘p qavatli jami 42585 ta xonadonli zamonaviy turar-joylar, 6 ta 1800 o‘rinli maktablar, 14 ta 300 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasalari, 8 ta 100 qatnovli shifoxonalar, 59 ta jamoat va xizmat ko‘rsatish binolari qurilishi;

vokzal orti hududida 315 ta ko‘p qavatli jami 9450 ta xonadonli zamonaviy turar-joylar, 5 ta 1400 o‘rinli maktablar, 8 ta 300 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasalari, 4 ta 100 qatnovli shifoxonalar, 12 ta jamoat binolari va xizmat ko‘rsatish binolari qurilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda “Shirin” massividagi bino va inshootlarni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olish bo‘yicha tovon (konpessatsiya) to‘lovlarini amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.