Search

Qadrli yurtdoshlar, aziz hamshaharlar!

Qadrli yurtdoshlar, aziz hamshaharlar!

Samarqand viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi jamoasi nomidan barcha vatandoshlarimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi bo‘lmish muborak Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman!

Ulugʻ oyda sabr bilan tutilgan roʻzalaringiz qabul boʻlib, duo uchun ochilgan qoʻllaringizga baraka yogʻilsin. Tinch va xotirjam osmon ostida mana shunday fayzli kunlarga yetganimiz uchun shukronalar boʻlsin!

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu-baraka tilayman!

Hurmat bilan, 
Samarqand viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi v.v.b Bahodir Negmatov