Past Darg'om tuman qurilish bo'limi hamda Samarqand viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari ishtirokida tumandagi Balxiyon mahallasi hududidan o'tuvchi M37-A avtomobil yo'li yoqasida tegishli yerga egalik qilish qarorlarisiz, hech qanday tegishli ruxsatnomalarsiz qurilayotgan noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirishlar, tegishli tushuntirishlar berildi. Kelgusida bu kabi choralar tuman miqyosida davom ettiriladi.