Search

#MUNOSABAT

#MUNOSABAT

Samarqand_LIVE telegram kanalida e'lon qilingan “Samarqand shahar Qorasuv massivida avtoturargohda hujjatsiz butkalar paydo bo'lmoqda” sarlavhali murojaat (https://t.me/Samarqand_live/28403) yuzasidan Samarqand shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi quyidagilarni ma‘lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 485-sonli qaroriga asosan, Samarqand shahar Qorasuv massivi “Obodmaskan” MFY 116-ko‘p qavatli uy-joyning tutash hududidan 6.0 kv.m dan iborat “oziq va nooziq” ko‘chma savdo obyektining joylashuvi “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida joylashtirilgan, tegishli tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosalar berilgandan so‘ng auksion savdolariga chiqarilgan.

2022-yil 18-avgustdagi elektron-onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarga asosan ko‘chma savdo obyektining joylashuvi bo‘yicha “Pantero” MCHJ g‘olib deb topilgan.