Search

Kattaqoʼrgʼon tumanida yangi bogʼcha ochildi

Mazkur Chigʼatoy mahallasida joylashgan 120 oʼrinli 20-maktabgacha taʼlim tashkiloti qariyb 4 mlrd soʼm mablagʼ sarflandi, qurilish ishlari “Ulugʼbek Universal Qurilish” MChJ tomonidan amalga oshirildi. 

Bogʼchaning ochilish marosimida tuman hokimi Jamshid Nasridinov, Xalq qabulxonasi mudiri Zokirxon Аbdullaev va mahalla ahli ishtirok etdilar.

Tuman hokimi keyingi yillarda mamlakatimizda kelajagimiz 
egalari boʼlgan bolajonlarni har taraflama barkamol qilib tarbiyalash davlatimiz belgilab olgan siyosatning ustuvor yoʼnalishiga aylangani alohida taʼkidladi.

Zamonaviy, shinam va barcha qulayliklarga ega ushbu bu maskanning ochilishi nafaqat bolajonlarning, balki ota-onalarning ham quvonchiga sababchi boʼldi.