Search

Joriy yilning 3 avgust kuni Aks-sado (https://t.me/aks_sado_uz) telegram kanalida "Samarqand shahridagi 30-maktabining pol qismida chirish holatlari toʼgʼrisida"gi video lavha eʼlon qilindi.

Samarqand viloyati hokimligi Injiniring kompaniyasi (keyingi oʼrinlarda – buyurtmachi) ushbu eʼlon qilingan video lavha yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Samarqand shahridagi 30-maktab 2019-yilda bosh pudratchi “BUNYOD SANTEXMONTAJ” MChJ tomonidan rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirilgan.  Rekonstruktsiya qilish ishlari 2019-yilda yakunlangan boʼlib, maktab direktori G.Raxmatova 2020 yil 8 sentabrdagi 22-sonli maʼlumotnomasida obʼektning barcha qismi ishchi holatda saqlanganligi hamda bir yillik kafolat muddati tugaganligi sababli bosh pudratchi “BUNYOD SANTEXMONTAJ” MChJning 5 % lik kafolat mablagʼini moliyalashtirib berilishi yuzasidan eʼtirozi yoʼqligini maʼlum qilgan. Obʼekt tegishli tartibda Viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmatiga foydalanishga topshirilgan.

Bino ekspluatatsiyasini taʼminlashda kamchiliklarga yoʼl qoʼyilganligi bois qoʼyidagi holat yuzaga kelganligini maʼlum qilamiz.