Search

Hashar - elga yarashar

#JARAYON 
#HASHAR

Hashar - elga yarashar

Xalqimizda hashar deb nomlangan ajoyib an‘ana bor. Bu odat yillar o‘tsaki, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Boisi hasharda xalqimizning birligi, ahilligi namoyon bo‘ladi.

Har yili Navroʻz bayrami arafasida umumxalq xayriya hasharlari tashkil etiladi, hududlar obodonlashtiriladi. 

Mamlakatimiz boʻylab “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda. Hashar doirasida hududlarda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va xayriya tadbirlari tashkil qilinmoqda.

Unda Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.