Search

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirlari qizg‘in davom etmoqda. 

#BSKlar_faoliyatidan

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirlari qizg‘in davom etmoqda. 

Loyihada daraxt va buta ko‘chatlarini ekish orqali yashil maydonlarni ko‘paytirish maqsad qilingan. Yurtimizni chinakamiga yashillikka burkash, hududlarning ekologik muhitini yaxshilash maqsadida boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan koʻchat ekish ishlari salmogʻi orttirilmoqda.

Xususan, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “Nurli yo‘l 777” BSK ishchi xodimlari tomonidan Rudakiy ko‘chasi Baxtli hayot mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.