Search

Loyiha hududidagi ko‘p qavatli uylarning issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkaziladi.

#JARAYON 

Loyiha hududidagi ko‘p qavatli uylarning issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkaziladi.

Investitsiya loyihasi doirasida Samarqand shahrining markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish maqsadida loyiha hududidagi ko‘p kvartirali uylarning xonadonlari ichidagi issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilishda aholining munosabatini aniqlash, shuningdek, fuqarolarning to‘lov harajatlarini ko‘tarishga tayyorligi hamda o‘rnatilgan radiatorlar uchun bo‘lib-bo‘lib to‘lash xizmatlariga munosabatlarini bilish maqsadida, joriy yilning 7-10-fevral kunlari “Kelajak Shahri Rivoji” konsalting markazi mutaxassislari tomonidan ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilishi belgilangan. 

Ushbu so‘rovnoma oldidan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida boshliq o‘rinbosari B.Negmatov va “Kelajak Shahri Rivoji” konsalting markazi mutaxassislari bilan uchrashuv o'tkazildi.