s a m v i l q u r i l i sh
  • alevcoder
    Samarkand region
    Construction and housing and communal services
    the main administration of the economy
  • Working hours:
    9:00 a.m. to 6:00 p.m. [ Weekends: Saturday, Sunday]
  • alevcoder
    Samarkand region
    Construction and housing and communal services
    the main administration of the economy
  • Working hours:
    9:00 a.m. to 6:00 p.m. [ Weekends: Saturday, Sunday]

MUMINOV DILSHOD MURODULLAYEVICH


MUMINOV DILSHOD MURODULLAYEVICH


Lavozimi:Samarqand viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari


Telefon:
+998915200011


Qabul kunlari:
Har kuni: 09:00-11:00


Funksiya va vazifalari:

jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy kommunal xizmatlarga bo‘lgan talabini o‘rganadi va o‘rnatilgan tartibda Vazirlikka taqdim qiladi;

          iste’molchilarga uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifat darajasini oshirish va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan takliflar kiritadi;

           ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ichimlik suv, oqova suv, issiqlik ta’minoti sohasida qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga doir dasturlar, shuningdek, hududning kommunal infratuzilmasini yanada rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

         uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga rahbarlik qiladi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish obyektlaridan foydalanadigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

         ko‘p xonadonli uy-joy fondi, issiqlik ta’minoti, ichimlik suv va oqova suv tizimlarining texnik-iqtisodiy holati ko‘rsatkichlarini o‘rganadi va monitoring qiladi;

        uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish, ishlab chiqarishning moddiy va energiya iste’molini kamaytirish choralarini ko‘radi va bu sohani takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

         mahalliy ijro hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ko‘p xonadonli uylarning saqlanishini ta’minlash, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish obyektlarining barqaror ishlashi masalalari yuzasidan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yadi;

          hudud aholisini uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risida muntazam xabardor qiladi, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning Boshqarma vakolatiga kiritilgan masalalarga taalluqli murojaatlarini (takliflari, arizalari va shikoyatlarini) qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va zarur choralar ko‘radi:

        ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish ko‘p xonadonli uylarni boshqarish va boshqaruvni amalga oshiradigan tashkilotlarni nazorat qilish tizimining faoliyat ko‘rsatishi, uy-joy munosabatlari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida aholini axborot bilan ta’minlaydi;

        aholi punktlarida joylashgan ko‘p xonadonli uylarni rekonstruksiya qilish, ulardan foydalanish, saqlash va ta’mirlash, ularning texnik va foydalanish holatini yaxshilash masalasida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

        ko‘p xonadonli uy-joy fondining turar joylarini yashash uchun yaroqsiz deb tan olish tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirishda ishtirok etadi;

        ko‘p xonadonli uy-joy fondining avariya holati monitoringini olib boradi;

        ko‘p xonadonli uy-joy fondini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash borasida ishlarni tashkil qiladi va mahalliy ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

         suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishda aholining, ayniqsa, qishloq joylarida toza ichimlik suvdan foydalanishini yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

          ichimlik suv va oqova suv korxonasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar, mashina va mexanizmlar,
ta’mirlash-foydalanish va o‘lchash priborlari bilan jihozlashga doir kompleks
chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

         ichimlik suvni ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar samaradorligini oshirish, belgilangan talablarga muvofiq uning sifatini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayoniga energiya va suvni tejaydigan texnologiya hamda uskunalarni joriy qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi va mazkur faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

         ichimlik suv va oqova suv tizimlarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarishning bozor tamoyillariga mos mexanizmlari joriy etilishini ta’minlaydi;

       ichimlik suv va oqova suv obyektlarini o‘z vaqtida foydalanishga qabul qilish choralarini ko‘radi;

       suv quvurlari va oqova suv inshootlarida energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya hamda uskunalarni joriy qilishga oid tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

       markazlashtirilgan suv ta’minoti va oqova suv obyektlarini har bir aholi punkti bo‘yicha pasportlashtiradi hamda pasportlashtirish natijalari asosida muntazam yangilanadigan elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;

       markazlashtirilgan ichimlik suv ta’minoti tarmog‘iga ulangan barcha toifadagi iste’molchilar uchun zamonaviy hisobga olish priborlarini
bosqichma-bosqich o‘rnatish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi;

       ichimlik suv va oqova suv tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga doir ajratiladigan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanishda ishtirok etadi;

       issiqlik ta’minoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

        obyektlarda energiya samaradorligini ta’minlaydigan mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek, xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlarini o‘rnatish orqali markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish choralarini ko‘radi;

         jismonan va ma’nan eskirgan, samaradorligi past qozonxona agregatlari, nasos uskunalari, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlari modernizatsiya, rekonstruksiya qilinishi hamda ularni almashtirilishida qatnashadi;

         energiya resurslarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni normativ hisobga olishni yo‘lga qo‘yish, abonentlarni issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun kelib tushadigan mablag‘lar va to‘lovlarni avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi joriy qilinishini tashkil etadi;

         uy-joy kommunal xo’jaligi sohasi uchun xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ehtiyojni o‘rganadi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi uchun xodimlar tayyorlashni, xorijiy mamlakatlarda tajriba orttirish uchun nomzodlarni jalb qilish ishlarini tashkil qiladi;


Tarjimai holi:None