Search

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltmish toʼqqizinchi sessiyasidan Viloyat Qurilish bosh boshqarmasi boshligʼi L.Xamidov:

2022 yilda viloyatda qurilish sohasida yangi ish oʼrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasida 15848 ta yangi ish oʼrinlarini yaratish rejasi belgilangan.

Shundan, 1-chorakda 1500 ta, 2-chorakda 6424 ta, 3-chorakda 6023 ta, 4-chorakda 1901 tani tashkil etadi.

Bugungi kunda 2-chorakda 7924 ta yangi ish oʼrinlari yaratilgan boʼlib, ushbu raqamlar yillik rejaning 50 foizini tashkil etadi. 

Obʼektlarda qurilish-montaj ishlari asosan 2-chorakdan boshlanishini hisobga olib, eng koʼp ish oʼrinlari yaratilishi 2- va 3-chorakda rejalashtirilgan boʼlib, 3-chorakda belgilangan rejani ortigʼi bilan bajarilishi taʼminlanadi.