Search

Qurilish vazirligi va qurilish loyiha institutlari ilmiy xodimlari hamda Samarqand tumanidagi "Joyi soy" mahalla ahli vakillari ishtirokida Samarqand shahridagi viloyat Qurilish boshqarmasining majlislar zalida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Samarqand shahrida qurilgan 11 qavatli  xonadon binosi haqida internet tarmoqlarida ko‘plab bahsli munozaralar bo‘ldi. Bu bo‘yicha Qurilish vazirligining rasmiy munosabati (https://t.me/minstroyuz/6576) ham eʼlon qilingandi. 

Ammo yana ushbu masala yuzasidan ko‘pchilikda savollar paydo bo‘layotgani sababli ayni damda Qurilish vazirligi va qurilish loyiha institutlari ilmiy xodimlari hamda Samarqand tumanidagi "Joyi soy" mahalla ahli vakillari ishtirokida Samarqand shahridagi viloyat Qurilish boshqarmasining majlislar zalida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Muhokamalarda asosiy e'tibor ushbu binoning qonuniy talablarga qay darajada javob berishiga qaratilmoqda.

 OAV vakillari esa o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olmoqdalar.