Search

Narpay mahallasida 80 xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uy qurilishi boshlandi.

Narpay tumani markazida joylashgan Narpay mahallasida 80 xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uy qurilishi boshlandi.

Tumandagi 4 ta qurilish korxonasi tomonidan bunyod etiladigan uylar shu yil oktyabrida qurib bitkazilib, uning 8 tasi 8 nafar ijtimoiy ko‘makka mujtoj oilalarga beriladi.

Qurilish ishlarining boshlanishida tuman hokimi Sh.Rahmonov, tuman faollari, deputatlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.