Search

#MUNOSABAT 

"Коммуналкин" telegram kanalida Samarqand shahri "Yuksalish" MFY “Yoqut” ko'chasidagi qurilish to'g'risida post e'lon qilindi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi va viloyat qurilish va kommunal xo’jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqqan holda murojaat mualliflari ishtirokida o'rganildi.

Ushbu hududda qurilish ishlarini olib borish uchun tasdiqlangan bosh rejaga asosan "Gold House" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish obyekti atrofi amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda buzib olinmagan. Obyektga tutash binolar oraliq masofasi shaharsozlik normalari va qoidalari mos emasligi sababli viloyat qurilish nazorat inspeksiyasi tomonidan rasman yozma ravishda to'xtatish xati berilgan. Samarqand shahar qurilish bo‘limi tomonidan ham qurilish ishlarini to’xtatish to’g’risida yozma ko'rsatma berilgan. 

Shuningdek, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi tomonidan obyektda qurilish ishlarini to'xtatish to‘g‘risida huquqni muhofaza qilish organlarga belgilangan tartibda xatlar yuborilgan.

O‘rganishlar davomida obyektda qurilish ishlari olib borilayotganligi kuzatilmadi. Ushbu rasmiy ogohlantirishlardan so'ng qurilish ishlarini o'zboshimchalik bilan davom ettirgan taqdirda qurilish tashkilotiga nisbatan keskin choralar qo'llaniladi.